«nurdinjon ismoilov» tegli maqolalar


Qonunchilik palatasida majlisda qatnashmayotgan uch deputat nomidan ovoz berildi
19 sentabr 2023, 22:23

Qonunchilik palatasida majlisda qatnashmayotgan uch deputat nomidan ovoz berildi

Qonunchilik palatasi majlisida qatnashmayotgan uch nafar deputat nomidan ovoz berildi. Jumladan, kun tartibini tasdiqlashda ovozlar inobatga olindi. Spiker deputatlarning yo‘qligini payqagach, ularning ovozlarini hisobga olish to‘xtatildi.

«Qonun loyihasi birinchi o‘qishga kiradi». Nurdinjon Ismoilov ichki ishlar xodimlarini suratga olishni taqiqlovchi hujjat haqida
31 may 2022, 20:43

«Qonun loyihasi birinchi o‘qishga kiradi». Nurdinjon Ismoilov ichki ishlar xodimlarini suratga olishni taqiqlovchi hujjat haqida

Qonunchilik palatasi Spikeri Nurdinjon Ismoilov ichki ishlar xodimlarini suratga olishni taqiqlovchi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqilishi va muhokama qilinishini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tashabbuskorlardan qo‘shimcha ma’lumotlar so‘ralgan, shunga ko‘ra hujjatga o‘zgarishlar kiritiladi. «Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasidagi qonunchiligimizda juda ko‘p bo‘shliqlar bor. Kerak bo‘lsa ziddiyatlar ham bor, uni ham tan olishimiz kerak», — dedi u.

«Emlashni majburiy tarzda amalga oshirish mumkin emas» — Nurdinjon Ismoilov
17 iyul 2021, 17:18

«Emlashni majburiy tarzda amalga oshirish mumkin emas» — Nurdinjon Ismoilov

Quyi palata Spikeri Nurdinjon Ismoilov qonun hujjatlariga muvofiq, majburiy emlash mumkin emasligini ma’lum qildi. Buning uchun huquqiy hujjatlarga o‘zgartish yoki qo‘shimchalar kiritish talab etiladi. Biroq, deputatlar Respublika maxsus komissiyasiga ixtiyoriy emlanganlarni rag‘batlantirish va imtiyozlar berish yoki harakatlarini cheklash borasida tavsiyalar bergani aytilmoqda. Qolaversa, xodimlari emlangan kafe va restoranlarga cheklangan vaqtda ham ishlashga ruxsat berish taklifi bildirilgan.

«Hech qanday „lazeyka“ larga joy qolmasin». Doniyor G‘aniyev Yer kodeksiga kiritilayotgan o‘zgartishlar haqida
16 iyul 2021, 11:05

«Hech qanday „lazeyka“ larga joy qolmasin». Doniyor G‘aniyev Yer kodeksiga kiritilayotgan o‘zgartishlar haqida

Qonunchilik palatasi deputati Doniyor G‘aniyev yerga oid prezident farmoni, uning asosida Yer kodeksiga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar yuzasidan fikr bildirib, qonunchilikda «lazeyka"lar qoldirib ketilayotganiga e’tibor qaratdi. Jumladan, chet el fuqarolari va yuridik shaxslariga yerni ijraga berish, DXSH asosida yerdan foydalanish, ko‘p kvartirali uyga tutash uchastkalarni ajratish, qolaversa, yakka tartibdagi uyni xususiy mulk tarzida berish masalalarida qonunchilikda «bo‘shliq"lar qoldirilgani aytilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting